So'nggi yangiliklar

 Respublikamizda 2023-yilning yanvar-noyabr oylari qurilish sohasida jami 4 575 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

2023-yil yanvar-sentabr oylari Qashqadaryo viloyatida jami 12,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 2 045,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida ijara xizmatlarining hajmi 5 954,6 mlrd. soʻmni yoki umumiy koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,6 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,1 tonna shokolad plitkalar ishlab chiqarilgan.

2019- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2023- yilning mos davrida moliyaviy xizmatlar hajmi 2072,4 mlrd. so‘mga oshib, 3 174,7 mlrd. so‘mga yetdi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1089,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 21,9 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 375,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 15,2 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 89,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 3 790,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,8 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 146,5 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 686,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 23,6 % ni tashkil etdi yoki 1901,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,2 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,7 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan holda 4132,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 22,3 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 7,5 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 5 561,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,6 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 108,0 % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 143,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning 1-dekabr holatiga, chet el investitsiyasi  ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 353 tani tashkil etgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 19,9 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 64 447,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, аxborot va aloqa faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 10 471 birlikka yetgan.