2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 100 279,7 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 42,7 % i yaratilgan.
Shundan 25,3 % i qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi, 13,0 % i sanoat, 10,3 % i qurilish tarmoqlari va 51,4 % i xizmatlar sohasiga toʻgʻri keldi.
Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari ulushi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 96,1 %, qurilishda 79,3 %, xizmatlar sohasida 40,6 % va sanoatda 19,1 % ni tashkil etdi.