So'nggi yangiliklar

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Viloyatimizda 2024-yilning fevral oyida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 64 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 804 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024- yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 13,9 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Qarshi shahri bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 372,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 187,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 160,3 mlrd. soʻmlik ishlar  bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 % ga oshdi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Оliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 15 923 nafar talaba bitirgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 66 tani tashkil etdi.

2023-yilda respublikamizda 2,6 mln. tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 708,1 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 437 822,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2022-yilga nisbatan 6,8 % ga oʻsdi.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 822 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 71,3 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 1 089,4 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 2 marta oshdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 645,1 ming  nafarni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga, 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni oʻrtacha 349 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 719,1 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.