Idoraviy komissiya tarkibi

Tuychiyev X.K Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, komissiya raisining o’rinbosari
Qaxxorov S.S. X.K Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari
Sharipov M.G'. Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti, komissiya kotibi
Komissiya a’zolari:
Ro’ziqulov Sh.B Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig’i
Misirov I.N. Kadrlar bo'limi boshlig’i
Xalilov Sh.Sh. Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi boshlig’i

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'tkazilayotgan davra suhbatlari



“Korrupsiya – kelajakka tahdid”

Joriy yilning 3- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.


Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 29- dekabrdagi 127-sonli buyrug‘ini 3- ilovasi bilan tasdiqlangan “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom” talablarini ijrosini ta’minlanishiga ko‘ra yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib hamda barcha statistika sohasiga oid qonun va qarorlarning mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berdi.


Matbuot xizmati


“Biz Korrupsiyani birgalikda yengamiz”

Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.


Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.


Joriy yilning 11- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Biz Korrupsiyani birgalikda yengamiz” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.


Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Matbuot xizmati


9-dekabr – “Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

“Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq”, biz birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashamiz! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020- yil 29-dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart.



Korrupsiya rivojlanish va yaxshi boshqaruvning dushmani hisoblanadi. Undan qutulish kerak. Ushbu milliy maqsadga erishish uchun hukumat ham, umuman xalq ham birlashishi kerak.



Taʼkidlash joizki, 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 24-noyabrdan 9-dekabrga qadar ANTIKORRUPSIYA HAFTALIGI oʻtkazilishi belgilandi.

Matbuot xizmati


O‘zbekiston Ruspublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi nishonlandi

2021- yilning 7-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.


Boshqarma Bosh yuriskonsulti Sharipov Muso Gʻoziyevich so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi. Shuningdek, M. Sharipov Konstitutsiya tarixi, uning jamiyatdagi ahamiyati haqida so‘z yuritarkan quyidagilar haqida to‘xtaldi. - Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.


1992- yil 8- dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8-dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. - Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.


O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir. Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi.

Matbuot xizmati




Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq

Joriy yilning 26-noyabr kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Safarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-sonli Farmonida mamlakat rivojlanishining bugunki bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf xatarlardan biri ekanligini qayd etdi.


Shuningdek, Boshqarma bosh yuriskonsulti M. Sharipov yuqorida qayt etilgan “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida ma’ruza qilib, Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholini noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Ayni paytda fuqarolarimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyat yetarli darajada emasligi, o‘z haq huququni ximoya qilaolmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishi uchun zamin yaratadi hamda korrupsiya holatlarini ko‘paytiradi. Shu sababli unga qarshi kurashish dunyo miqiyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.


Xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuqorida qayd etilgan qonun va normativ huquqiy xujjatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida, Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash hamda qonun xujjatlarining talablariga rioya qilinishi bo‘yicha shuningdek, qonunlar, normativ,-xuquqiy xujjatlarni amalda tadbiq etilishi bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.

Matbuot xizmati


Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Joriy yilning 18- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol kuchaytirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, Bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.


Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Matbuot xizmati

Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
  • o`z vazifalari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiyasi bilan hamkorlikni ta`minlash va zarur hollarda ularga tahliliy ma`lumotlarni tayyorlashda amaliy yordam ko`rsatish;
  • viloyat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
Me`yoriy-huquqiy baza
Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech