So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar soni 7077 tani tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 46,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 27,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 14,1 % ni tashkil etdi.

2023/2024-o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, axborot va aloqa sohasida 10 465 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Gʻuzor tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 133.9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109.5 foizga bajarildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 852 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2024-yilning yanvar-fevral oylarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 14 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 20055,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8 214,2 ming juft paypoqlar  ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan

52,3 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 9 980,8 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2023/2024- o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 - o‘quv yili boshiga nisbatan 61,1 ming nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,5 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 25,9 % ni tashkil etib, 244,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 11,1 % ni tashkil etdi.