So'nggi yangiliklar

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 17677,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egalladi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2 686,6 mlrd. so‘mga oshib, 14 436,0 mlrd. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami 6782,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar:

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nikohdan ajrashgan oilalar soni 44 742 nafar qayd etilgan. Nikohdan ajrashgan oilalar tarkibida 3 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajrashganlar ulushi 5,8 foizni (2616 kishi) tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,7 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 73,8 % ini tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 132,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar  chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:    

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarning yuqori o‘sishi Xorazm (84,5 %), Namangan (44,1 %), Buxoro (35,6 %) va Qashqadaryo (28,3 %) viloyatlarida qayd etildi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashish 414,4 mln. tonna yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar bolib, 276,7 mln. tonnani tashkil qildi.

Viloyatimizda 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar bo‘yicha jami 415,6 ming letr uzum vino ishlab chiqarilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 18 221,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,7 % ni tashkil etdi.