28/04/2023

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 4,1 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 2,0 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 4,3 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 5,4 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘ida ham 4,6 % ga ijobiy o‘sish qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech