So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 94852,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,4 % ini tashkil qildi. 

Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 520 199 tani tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 25 170,0 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  31,8 %  ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 1,0 mlrd. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 2,4 % fizik hajm indeksi 92,9 % ni ishlab chiqarish hajmi esa 435,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 40,1 % ni, sanoat – 17,0 % ni, qurilish – 6,9 % ni va xizmatlar sohasi – 36,0 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022- yil yanvar- noyabr oylari holatiga koʻra 153425,3 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yil 1- dekabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan eng koʻp korxonalar soni - masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) lar hissasiga toʻgʻri kelib, soʻnggi besh yilda ularning oʻsish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

Joriy yilning noyabr oyida 2021-yilning dekabridagi narxlarga nisbatan mevalar oʻrtacha 6,7 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatdiki, binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 67,8% ni va o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,4%  tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2021- yilning mos davriga nisbatan 167,7% ga o‘sdi va 2565,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

Joriy yilning noyabr oyida Qozogʻistondan 77145 nafar erkak va 87515 ayol turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ulardan yoshi boʻyicha:     

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 660,3 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,3 martani tashkil etdi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni oʻzaro taqqoslanganda-uchinchi oʻrinni oilaviy korxonalar egallagan boʻlib, ular 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra jami tadbirkorlik subyektlarining (523852 ) ta 11,3 foiz ulushini tashkil etdi.

Xalqaro yoʻnalishda qatnovchi havo transporti uchun chipta narxlari noyabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 0,3 % ga arzonlashgan.