So'nggi yangiliklar

Joriy yilning noyabr oyida havo transporti xizmatlari narxi oʻrtacha 6,5 % ga oshdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar boʻyicha faoliyati:

Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 63,2 ming nafar chet el fuqarolari xizmat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni 30 955,8 ming birlikni, shu jumladan, aholida 26 066,9 ming birlikni tashkil etdi. Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 73 birlikni tashkil etdi. 

2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda 15 497 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 389 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

Soʻnggi toʻrt oy davomida tuxum 25 % ga, shu jumladan, joriy yilning noyabrida 7 % ga qimmatlashdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda qurilish ishlari hajmi 6,3 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 103,7 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da  tovar va va xizmatlar  import hajmi 10717,2 mln.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida 76,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 4,1 % punktga ko‘paydi.

2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 582,5 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 321,5 ming juft kalish ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oyida 324,4 ming nafar chet el fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:    

2017- yil 25- avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 

2022-yilning yanvar–noyabr oylarida respublika boʻyicha jami 18230 ta egizak chaqaloq tugʻilganligi holatlari qayd etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1408 taga koʻp.

2022-yilning 7–9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Respublikamizda joriy yilning 1- dekabr holatiga jami 59 061 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.