Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2023- yilning yanvar- mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3104,6 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 192,1 mlrd. so‘mni (97,6 %), chorvachilik mahsulotlari – 2912,5 mlrd. so‘mni (103,1 %) tashkil qildi.