So'nggi yangiliklar

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1208,4 mlrd. so‘mga oshib, 7239,3 mlrd. so‘mga yetdi.

Jahon banki ko‘magi ostida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida MDH davlatlari statistika xizmatlarining mutaxassislari ishtirokida Xalqaro Taqqoslash Dasturi (XTD) -2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan. Shundan, arxeologik yodgorliklar 4 797 ta. Respublikamiz hududlari orasida Qashqadaryo viloyatida eng koʻp arxeologik yodgorliklar mavjud.

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2022- yilga nisbatan 7,8 % punktga ko‘paydi va 67,3 % ni tashkil etdi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 036,1 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 49,1 % ni tashkil etdi.

Polsha davlatining qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, 2023-yilning 19–23-iyun kunlari Polshaning Varshava shahriga oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 85,3 ming t. K2O kaliy xlorid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,4 % ga oshgan. 

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-may oylarida 39 067 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

Qashqararyo viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 1418,6 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 101,9 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 52,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50 676,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami  8 210 ta madaniy meros obyektlari  mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki  va 383 tasi xususiy mulk hisoblanadi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 423,3 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 16,9 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 158,2 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3 259,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,1 % ni tashkil etdi yoki 721,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2022- yilga nisbatan 98,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 60,1 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,3 % punktga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida nashriyotchilik xizmatlari hajmi 347,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan ularning oʻsish surʼati 109,0 foizni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 48,3 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,3 % ga oshgan.