So'nggi yangiliklar
09/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatidagi maktablarda 657 316 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, banan narxi 2023-yil yanvar oyidagi 0,2 % lik oʻsishdan soʻng fevral oyida 1,6 % ga arzonlashdi.
07/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 149,2 tonna tvorog va pishloqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 25,9 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar oyida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 388 tani tashkil etdi.
07/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning fevralida sarimsoq oʻtgan yilning fevraliga nisbatan 28,8 % ga arzon boʻlgan. Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyi davomida uning narxida oʻsish (2,7 %) kuzatildi.
07/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida toʻrtinchi marta farzandli boʻlgan ayollar soni 96,8 ming kishini tashkil etdi.
2023-yil 1-fevral holatiga koʻra mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 572,0 ming birlikni tashkil etdi.
07/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 347 222,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Isteʼmol bozoridagi narxlar oʻzgarishlari boʻyicha tanlanma kuzatuvlar natijalariga koʻra, bulgʻori qalampiri narxlari joriy yilning fevralida oʻtgan yilning fevral oyidagiga qaraganda 21,4 % ga past boʻlgan. Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyi davomida ushbu mahsulot narxi 8,6 % ga oshgan.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 ming nafarni tashkil etgan.
2023-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlar) toʻgʻri keladi. Ularning ulushi 66,4 % ni tashkil etdi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 1,1 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 43,8 % ga oshgan.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan savdo korxonalari soni 2 519 tani tashkil etdi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining bajarilgan qurilish ishlari hajmi 93, 6 trln. so‘mni tashkil etdi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etdi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning fevralida kartoshka narxi oʻtgan yilning mos davridagi narxga nisbatan 8,0 % ga past boʻlgan. Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyi davomida kartoshka narxi 2,4 % ga oshganligi kuzatildi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar oyida savdo xizmatlarining umumiy hajmida avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo boʻyicha xizmatlarining ulushi 65,1 % ni tashkil etdi.
06/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 4,4 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 30,3 % ga oshgan.
209-sahifa 375 dan