So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz kinoteatrlarida kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 8,5 martaga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 295,7 tonna pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 62,2 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 42,1 tonna pishloq ishlab chiqarildi.

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizdagi kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 67 109 tasi yoki 82,4 % i milliy filmlar va 14 305 tasi yoki 17,6 % i xorijiy filmlarni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 25,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar soni 76 tani tashkil etib,  ushbu kinoteatrlarning hududlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 5,4 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 31- may kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida Kichik tadbirkorlik subyektlari statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi mavzusi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 254,2 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 16,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektroenergiya ishlab chiqarish 70,8 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 106,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,02 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 46,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 50,8 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 22,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 5 178 taga yetib, so‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

Joriy yilning 24–25- may kunlari Moskvada II Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. 35 ta sessiyadan iborat boʻlgan mazkur biznes forumning shiori – “Koʻp qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi” deb nomlangan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan konsert tashkilotlari soni 70 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 15,8 ming tonna metil spirti ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2-martaga oshgan. 

2023-yilning 1-may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi  soni quyidagicha taqsimlandi:

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 31 648,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil etdi.