So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 330,4 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 72,5 % ga oshgan.

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 425 958 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 422 282 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 30- may kuni Jurnalistlar uyida viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, OAV vakillari ishtirokida "Statistika tizimida qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun mohiyati hamda Viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlari"  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 48226,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 30512,6 ming AQSH dollari, import hajmi esa 17713,6 ming AQSH dollariga yetdi.

Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar-aprel oylari holatiga koʻra, 48226,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yil yanvar – aprel oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 26,9 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar – aprel oyida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3490,7 ming so‘mga yetdi.

2023- yil yanvar – aprel oyida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 76,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 122,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2 361,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. 

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 20,1 % ni tashkil etdi yoki 500,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2022- yilga nisbatan 98,7 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,3 % ni, fizik hajm indeksi 154,6 % ni tashkil qildi hamda ishlab chiqarish hajmida 30,0 mlrd. so‘m kuzatildi.

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 16,3 % ni o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 103,5 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1 466,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 41,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha 18 605,3 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 32,9 % ni tashkil etdi.

Hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud boʻlib, shundan 9413 tasini baliqlar tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda esa ushbu koʻrsatkich 6670 tani tashkil qilgan edi.

2023-yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 32,2 %ni tashkil etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 194 dona maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 38,4 % ga oshgan.

2023-yil 1-may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagicha: