So'nggi yangiliklar
08/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 4 865,5 mingtaga yetdi. 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni - 129,7 mingtaga (2,7 %) ko‘paydi.
08/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 944,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
08/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 20,7 % ni, sanoat – 24,7 % ni, qurilish – 7,6 % ni va xizmatlar sohasi – 47,0 % ni tashkil etdi.
08/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-may oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 40 100 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga Respublikamizdagi akademik litseylar soni 85 tani tashkil etgan.
08/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 361 735 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 2 244,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 139,9 % darajasida qayd etildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 140,1 ming dona avtomobil korpuslari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 martaga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 9,5 ming dona avtomobil korpuslari ishlab chiqarildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 596 tani tashkil etdi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda namoyish etilgan konsertlar soni 4 691 ta boʻlib, shundan 849 tasi qishloq aholisi uchun namoyish etildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
2023-yilning yanvar–mart oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 44,3 ming tonna – goʻsht (2022-yilning yanvar–martiga nisbatan 103,1 %), 145,6 ming tonna - sut (102,8 %), 92,4 mln. dona – tuxum (100,1 %) yetishtirildi va 462 tonna – baliq (126,9 %) ovlandi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar- mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2912,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil qildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar- mart oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 192,1 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 97,6 % ni tashkil etdi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Nishon tumanida (21,6 %), Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Shahrisabz shahrida (99,7 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Qarshi shahrida (18,0 %) qayd etildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (14,4 %), Qozog‘iston (6,2 %) hamda Qirgʻiz Respublikasi (2,7 %) davlatlari bilan qayd etildi.
07/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yil yanvar-aprel oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 26,9 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga ko‘paygan.
212-sahifa 413 dan