2023-yil yanvar-iyun oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 %ni tashkil etdi.
Quvur yoʻli transporti xizmatlarining hajmi 17,1 %ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,0 %. Yordamchi transport faoliyati esa – 11,3 % koʻrsatkich qayd etildi. Oʻz navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yoʻl transporti orqali koʻrsatilgan xizmatlarning ulushi 10,5 %ga yetdi.