So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yoʻlovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 94,8 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln tonnani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 257 993,6 mlrd soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yoki iqtisodiyotdagi yalpi qoʻshilgan qiymatning 47,5 % i yaratilgan.

2024- yil 1- avgust holatiga savdo sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 230 695 ta bo‘lgan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 91211,7 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar- iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 16280,0 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 4995,7 mlrd. so‘mni (103,0 %), chorvachilik mahsulotlari – 11284,3 mlrd. so‘mni (104,1 %) tashkil qildi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun viloyatimizdagi “Shayx Qusam ota” ziyoratgohiga ekskursiya tashkil etildi.

2024- yil yanvar - iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2885 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar- iyul oylarida Qashqadaryo viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (63,1 %), Qozog‘iston (16,6 %) hamda Tojikiston (8,5 %) davlatlari bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi oʻtgan tegishli davrlardan yuqori boʻlib, 111,6  trln soʻmni tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarning umumiy soni 274 118 ming boshni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 422 872,5 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga 14 266 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 13,6 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 9,6 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importi hajmi 8,4 mlrd AQSH dollarini yoki umumiy import hajmining 44,5 % ini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 980,1 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,2 % ni tashkil etdi.