18/10/2024

Joriy yilning 18- oktabr kuni Ko‘kdala tumaniga qarashli 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, Ko‘kdala tumani statistika bo‘limi boshlig‘i E. Rahimov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabrdagi 710 -son qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib, aholini ro‘yxatga olish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech