18/10/2024

2024- yil 15–16- oktabr kunlari Anqara shahrida Islom taraqqiyot banki guruhi (IsDB) bilan hamkorlikda SESRIC, IHT Statistika Komissiyasi Kotibiyati (OIC-StatCom)ning 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.  

photo_2024-10-15_20-43-34_p46795

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zoxidjon Ziyayev Muratovich ishtirok etdi.

photo_2024-10-15_13-27-05_p30352

Sessiya kun tartibiga koʻra, “Ijtimoiy himoya sohasida ma’lumotlarni inklyuziv to‘plash”, “Yangi ma’lumotlar manbalari va texnologiyalaridan foydalanishda etika”,  “Barqaror rivojlanish maqsadlari: SDG 2 (Nol ochlik)  ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot berish”, “Rasmiy statistikada sunʼiy intellektdan foydalanish”, “Butunjahon aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish 2020: olingan saboqlar va kelajak uchun rejalar” mavzulari muhokama qilindi.

photo_2024-10-15_20-43-35_p93516

Shuningdek, 13-sessiya IHT Statistika qoʻmitasining 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini amalga oshirish hisoboti bo‘lib o‘tdi.

photo_2024-10-16_19-03-41_p73014

Sessiya davomida tegishli xalqaro tashkilotlar rasmiy statistikada sun’iy intellekt va ML (Machine Learning)ni qo‘llash bo‘yicha so‘nggi sa’y-harakatlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. IHT mamlakatlari ushbu mavzu bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

photo_2024-10-16_19-03-44_p61963

Statistika agentligi delegatsiyasi tadbirlar doirasida Turkiya statistika idoralari rahbariyati va xorijlik ekspertlar bilan uchrashib, istiqboldagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr-mulohaza almashishdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech