Joriy yilning 17- oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun Xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda Xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.