So'nggi yangiliklar

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari tomonidan 258 trln soʻm miqdorida qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar yoʻnaltirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 1,2 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 213,8 ming tonna polietilen ishlab chiqarilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va istirohat bogʻlari soni 129 tani tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 10,7 % ni tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 126 823,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻi qoʻshilgan qiymatida 7,8 % ga oʻsish kuzatilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tijorat bank krediti va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5,7 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 74857,6 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 17,5 % ni tashkil etdi yoki 878,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2024-yilning 1-iyul holatiga savdo sohasidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 148 745 tani tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 674,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,5 % ni hamda fizik hajm indeksi 151,7 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 79,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.