2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Qashqadaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3186,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 2023- yilga nisbatan 176,9 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2023- yildagi ko‘rsatkich darajasidan 11,5 % punktga ko‘payib, 30,7 % ni tashkil etdi.