2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush:
- metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,3 % ni tashkil qildi,
- oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 14,0 %,
- to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 13,6%,
- kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 8,0%,
- rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 7,2%,
- avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,5%,
- koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,3%,
- yog‘och va qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarish, yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish – 1,9 %,
- ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,2 %.