21/09/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yilning yanvar–iyul oylarida viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi bino va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri kelib, uning ulushi 73,5 % ni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishda qurilish ishlari hajmi 8 132,2 mlrd so‘m bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 118,2 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, fuqarolik obyektlarini qurish ishlari hajmi 1 789,0 mlrd so‘m, ulushi 16,2 %, o‘sish sur’ati esa 109,4 % ni tashkil etdi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 1 145,3 mlrd so‘m bo‘lib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 10,2 % ni, 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 111,2 % ni tashkil etdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech