Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida viloyatda 11 066,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi.
2022-yilda qurilish ishlari hajmi 3 891,1 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilda u 7 175,3 mlrd so‘mga ko‘paydi. Ya’ni, to‘rt yil ichida qurilish ishlari hajmi 184,4 % ga oshgan.
2025-yilga nisbatan esa bir yilning o‘zida qurilish hajmiga yana 1 832,8 mlrd so‘m qo‘shildi. Qurilish sur’atlari — hudud taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlaridan biri.




