23/09/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,2026-yilning yanvar–iyul oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 086,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 809,8 ming so‘mga yoki 21,9 foizga oshgan.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan esa 27 865,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, ularning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 74,0 foizni tashkil etdi.

Shundan 44,6 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu raqamlar hududda xizmatlar sohasi va kichik biznesning iqtisodiy faollikdagi o‘rni tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.



 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech