11/09/2026

Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirokida “Umumta’lim muassasasining 1 (umumta’lim) statistika hisoboti”ni to‘ldirish va belgilangan tartibda topshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etildi.


Mazkur seminarlar tuman va shahar statistika bo‘limlari mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilib, ishtirokchilarga statistika hisobotini to‘g‘ri, to‘liq va sifatli shakllantirish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar davomida umumta’lim muassasalarining turi, o‘quvchilar soni va tarkibi, sinflar va ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti, o‘quvchilarning yosh tarkibi, chet tillarini o‘rganishi, pedagog xodimlar, mashg‘ulotlarning smenaliligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ta’lim muassasalarining asosiy infratuzilmasiga oid ma’lumotlarni statistika hisobotida aniq aks ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish, ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlash, hisobotlarni shakllantirish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminarlar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tuman va shahar statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berilib, hisobotni to‘ldirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, umumta’lim muassasalari bo‘yicha shakllantiriladigan ishonchli statistik ma’lumotlar hududlarda ta’lim tizimining holatini baholash, mavjud tendensiyalarni tahlil qilish hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha asoslangan qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xolislik, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, hisobotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech