09/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil avgust oyida Qashqadaryo viloyatida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan qiymati 122 257 so‘mni tashkil etdi.

Hisob-kitob uchun quyidagi mahsulotlar inobatga olingan:

kungaboqar yog‘i — 0,3 litr

piyoz — 300 gramm

mol go‘shti — 700 gramm

sabzi — 1 kilogramm

guruch (lazer) — 1 kilogramm

no‘xat — 100 gramm

zira — 10 gramm

osh tuzi — 20 gramm

Muhim: 122 257 so‘m — bu bozor yoki oshxonalarda sotilayotgan 1 kilogramm tayyor palovning narxi emas. Ushbu qiymat palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning Qashqadaryo viloyatidagi narxlari asosida hisoblangan.



 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech