2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 11 668,6 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur hududda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibida kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushi 35,1 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, yangi obyektlarni barpo etilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘z navbatida 36,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda 28,6 % investitsiyalar o‘zlashtirildi.