2022-yilning 18-20 oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi uchun 8-xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Qirg‘iz, Mo‘g‘iliston, Nepal, Pokiston, Samoa, Shri Lanka, Turkiya va O‘zbekiston davlatlaridan statistika idoralari hamda mehnat vazirligi mutaxassislari, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Koreya Statistika boshqarmasi (KOSTAT), Koreya Statistika boshqarmasi huzuridagi Koreya statistikasini rivojlantirish instituti (KSPI) ekspertlari ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Umid Tashmuxamedov ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar, xalqaro mehnat migratsiyasi ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha yangi usullar hamda 2021-yil uchun xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi natijalari bilan ishtirokchilarni tanishtirishdan iborat.
Seminar davomida Xalqaro mehnat migratsiya tashkiloti faoliyatiga tegishli taqdimotlar qilinib, mehnat migrantini ishga jalb qilish jarayonidagi xarajatlarni aniqlash bo‘yicha Jahon Banki hamda XMT tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnoma shakli bo‘yicha seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchi davlatlarining xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha taqimotlari ham namoyish etildi.