22/02/2022

Joriy yilning 21-fevral kuni Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha milliy strategiyani tayyorlash yuzasidan niderlandiyalik xalqaro ekspert Tugrul Temel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshligʻi Shavkat Gʻulomov, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Sardor Jurayev, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistika boshqarmasi boshligʻi Umid Madaminov hamda Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi boʻyicha axborotlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Olga Alyoshunina ishtirok etdi.

22_02_22_1_

22_02_22_2_

Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlarni ishlab chiqarish mexanizmi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda yurtimizdagi turli vazirliklar oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha maʼlumotlar saqlash tizimini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.  

22_02_22_3_

22_02_22__3__

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech