12/01/2022

     2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 391 tani tashkil etgan.

     2021- yil yanvar- dekabr oylarida ushbu sohada 1 848 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,3 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

     2021- yil yanvar- dekabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:

     Toshkent shahri – 340 ta

     Farg‘ona viloyati – 213 ta

     Samarqand viloyati – 186 ta

     Andijon viloyati – 160 ta

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech