10/10/2019

Davlat statistika qo‘mitasining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko’rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev 2019-yil 30-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTEIK, EVROSTAT va IXRT bilan birgalikda tashkil etilgan Korxonalar registrini yuritish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ushbu yig’ilish yuzasidan shu yilning 8 oktyabr kuni N.Sheraliyev Korxonalar registrini yuritishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq masalalari yuzasidan qo’mitaning tarmoq boshqarmalari hamda Toshkent viloyat statistika boshqarmasi xodimlariga atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, Korxonalar registrini yuritish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash, Korxonalar registrini yuritishda Barqaror rivojlanish maqsadlari borasida xorij tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

aqdimot davomida yuqoridagi mavzu bo’yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech