04/08/2026

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga barqaror o'sib bormoqda. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ushbu ko'rsatkich 6 836,9 ming so'mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida Nishon, G'uzor tumani va Qarshi shahri eng yuqori natijalarni qayd etdi.

O'sish sur'ati bo'yicha esa Koson, Mirishkor, Qarshi shahri, Shahrisabz shahri, Muborak va Qamashi tumanlari viloyat o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori natijaga erishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech