08/05/2026

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida xodimlar oʻrtasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha hududiy musobaqa tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — jamoada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va oʻzaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat boʻldi. Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahoratini, balki strategik fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyish etdilar.

Qizgʻin kechgan bahslar natijalariga koʻra, quyidagi xodimlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar:

  • Shaxmat yoʻnalishi boʻyicha: Qurbonov Avaz
  • Shashka yoʻnalishi boʻyicha: Boymurodov Ogʻabek

Taʼkidlash joizki, bu kabi sport tadbirlari xodimlarning ish qobiliyatini oshirish va jamoaviy ruhni shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Davlat statistika organlari tizimida nafaqat kasbiy mahorat, balki jismoniy va intellektual faollikka ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Gʻolib va sovrindorlarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech