2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan jami 25 875 ta tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakllari tahlil qilindi.
MChJ — biznes yuritishning mutlaq yetakchisi!
Viloyatdagi tadbirkorlarning 64,4 foizi (16 674 ta) aynan Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklini afzal ko‘rmoqda.
Boshqa ko‘rsatkichlar:
Xususiy korxonalar — 5 863 ta (22,7 %);
Oilaviy korxonalar — 2 943 ta (11,4 %);
Aksiyadorlik jamiyatlari — 30 ta (0,1 %).
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, MChJ shakli tadbirkorlar uchun huquqiy va iqtisodiy jihatdan eng qulay va ommalashgan tuzilma bo‘lib qolmoqda.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlari asosida tayyorlandi.




