09/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 6 kun qoldi. Ushbu muhim jarayon oldidan Chiroqchi tuman hokimligida viloyat Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati hamda xorijiy tajriba” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

 

Seminarda mahalla yettiligi a’zolari va tegishli mas’ullar ishtirok etib, Statistika boshqarmasi mutaxassislaridan ro‘yxatga olish jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Tadbir davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda aholiga ma’lumotlarni tushunarli va aniq yetkazish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech