16/12/2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtishi belgilangan.

 

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ mas’ul xodimlari учун oʻquv seminari tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uni ish joyida tashkil etish tartibi, shuningdek, census.stat.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtish bosqichlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

Shuningdek, roʻyxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda amaliy misollar asosida izohlar keltirildi. Tadbir yakunida mas’ul xodimlarga belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtishni toʻliq va sifatli tashkil etish boʻyicha tegishli tavsiyalar taqdim etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech