Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1-sentabr holatiga viloyatimizda 25 003 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 15 614 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 62,4 % ini tashkil etadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
mas’uliyati cheklangan jamiyat – 15 614 ta
xususiy korxonalar – 5 996 ta
oilaviy korxonalar – 3 045 ta
aksiyadorlik jamiyati – 28 ta
boshqalar – 320 tani tashkil etgan.