Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–iyun oylarida viloyat bo‘yicha jami qariyb 600,1 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davri bilan solishtirilganda 0,9 % ga oshgan.
Viloyatimiz hududlarida yetishtirilgan bug‘doy hajmi:
Nishon tumani – 85,2 ming tonna
Koson tumani – 69,9 ming tonna
Muborak tumani – 65,0 ming tonna
Kasbi tumani – 57,3 ming tonna
Mirishkor tumani – 49,4 ming tonna
Qamashi tumani – 48,5 ming tonna
Yakkabog‘ tumani – 45,9 ming tonna
Ko‘kdala tumani – 43,2 ming tonna
Chiroqchi tumani – 34,4 ming tonna
Qarshi tumani – 31,2 ming tonna
G‘uzor tumani – 27,6 ming tonna
Shahrisabz tumani – 22,4 ming tonna
Kitob tumani – 13,0 ming tonna
Dehqonobod tumani – 6,4 ming tonna
Shahrisabz shahar – 0,6 ming tonna
Qarshi shahar – 0,1 ming tonnani tashkil etgan.