Joriy yilning 11-aprel kuni Qarshi Davlat texnika universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalariga Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyat statistikasi boshqarmasi bosh yurstkonsulti M. Sharipov hamda Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i N. Berdikulov, universitet oʻqituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, bosh yurstkonsulti M. Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025- yil 24-fevraldagi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini talabalarga tushuntirilib, batafsil ma’ruza qildi.
Shuningdek, boshqarmaning Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i N. Berdikulov viloyatimizda mahalliy va xorijiy korxonalar tomonidan kiritilgan investitsiyalar va ularning oylik, choraklik, yillik ish faoliyati haqida statistik hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berib oʻtdi.
Davra suhbati qizgʻin bahs va munozaralarga boy boʻldi. Davra suhbati yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.