27/11/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida, Statistika agentligi, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida 2024-yil 27-29-noyabr kunlari shartnoma asosida “Statistika” yoʻnalishida qisqa muddatli sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur sayyor oʻquv kursida institut “Statistika” kafedrasining dotsenti Sh.R. Djumaniyazov va Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi masʻullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berilmoqda va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatilmoqda. Kurs yakunida faol tinglovchilarga namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech