30/10/2024

Bugun, 29- oktabr kuni Statistika agentligida 2024- yilning III choragi yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etishdi.

1_7j1a3710_p14062

Yig‘ilishni Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov Abdusalomovich ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning agentlik oldiga qo‘ygan vazifalari hamda 2024- yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.

2_7j1a3747_p53906

Kun tartibidagi masalalar doirasida markaziy apparat boshqarma boshliqlari tomonidan chorak davomida erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan hisobot berildi.

3_7j1a3752_p82994

Yig‘ilishda tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi statistik ko‘rsatkichlar shakllantirilishi muhokama qilindi. Statistika agentligi direktori hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan jihatlar yuzasidan xodimlarga alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi jadvallarni o‘z vaqtida yangilab borishi muhimligi ta’kidlandi.

5_7j1a3721_p93946

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

6_7j1a3733_p25219

7_7j1a3724_p71287

Tugmani bosing Tinglash GSpeech