17/10/2024

Joriy yilning 16-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan tuman (shahar) statistika xodimlari uchun Statistik registrlarni yuritishga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

 

Shuningdek, vebinarda Statistik registrlarni yuritishga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech