15/10/2024

Joriy yilning 6-12- oktabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasi, Berlin shahrida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Germaniya tajribasini o‘rganish bo‘yicha seminar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Germaniya Federativ Respublikasidagi barcha seminar va uchrashuvlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP)  O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan birgalikda tashkil etilgan.

Seminar va uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Satimov Ma’mur Allayorovich ishtirok etdi.

photo_5220041876931995321_y

Seminar va uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Germaniya iqtisodiyotining eng faol va barqaror rivojlanayotgan kichik biznes sohasini chuqurroq o‘rganishdan iborat.

Shuningdek, seminar va uchrashuvlarda Germaniyada ish bilan ta’minlashda kichik va o‘rta biznes korxonalari juda muhim ro‘l egallashi, ish bilan band aholining qariyb 60 foizi kichik va o‘rta biznes sohasida ishlashi, ro‘yxatga olingan korxonalarning 99 % dan ortig‘i kichik va o‘rta biznes toifasiga kirishi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berildi.

photo_5220041876931995322_y

Tadbir davomida Germaniyada kichik va o‘rta korxonalarning yuqori faolligi va samaradorligining muhim omillari, davlat va boshqalar tomonidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlanishining natijasi, Germaniyada kichik va o‘rta biznes uchun kichik kreditlar berish bo‘yicha samarali foiz stavkalari boʻyicha muhokamalar bo‘ldi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech