O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Statistika agentligida ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida xodimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, agentlik xodimlari o'rtasida velomarafon o‘tkazildi.
Mazkur velomarafon “Extremal” savdo belgisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.