2023- yilning yanvar- mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2912,5 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 93,8 % ni tashkil etdi.