So'nggi yangiliklar

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatni kompleks rivojlantirish, “mahallabay” tizimda aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020- yil 3- avgustdagi PQ- 4796- son qaroriga, shuningdek, milliy statistika strategiyasini amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko’rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev 2019-yil 30-sentyabr – 2-oktyabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) BMTEIK, EVROSTAT va IXRT bilan birgalikda tashkil etilgan Korxonalar  registrini yuritish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishida ishtirok etdi.

2019-yilning 9-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qaroriga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvga Yuristlar malakasini oshirish markazining qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi mudiri, professor Boboqul Toshyev taklif etildi.

Ma'lumot (narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo olinadi, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi)