Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda markazlashgan investitsiyalarni oʻzlashtirilishi 14,6 trln. soʻmni tashkil qildi. Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar xajmidagi ulushi 12,0% ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yilda oʻzlashtirilgan markazlashgan investitsiyalar (yillik):
2017-yilda – 16,1 trln.soʻm
2018-yilda – 36,9 trln.soʻm
2019-yilda – 53,9 trln.soʻm
2020-yilda – 42,0 trln.soʻm
2021-yilda – 46,1 trln.soʻm