Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yanvar-iyul oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar soni 57 814 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) quyidagicha shakillandi:
savdoda – 20 850 ta
sanoatda – 10 247 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 8 338 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 3 506 ta
qurilishda – 2 951 ta
tashish va saqlashda – 1 812 ta
axborot va aloqada – 1 522 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 991 ta
boshqa sohalarda – 7 597 ta